AQShdagi maktabda yadro yonilg‘isi izlari topildi

Jahon 22:28 / 15.05.2019 7288

AQShning Ogayo shtatidagi maktabda boyitilgan uran va neptuniy-237 izlari topildi. Shu sababli maktabni o‘quv yili oxirigacha yopib qo‘yishga qaror qilingan. Bu haqda Newsweek nashri xabar berdi. 

Voqea Paykton qishlog‘idagi maktabda yuz bergan. Topilgan moddalar radioaktiv bo‘lib, ularning uzoq ta'sir etishi saraton keltirib chiqarishi mumkin. Ta'kidlanishicha,  maktabda 320 ga yaqin bola tahsil oladi.

Hozir zararlanish ko‘lami va uning manbasini aniqlashga harakat qilinmoqda. Ma'lum qilinishicha, maktab uzoqroq muddatga yopilishi mumkin. “Biz kimningdir farzandini xavf ostiga qo‘yishni istamaymiz”, deb aytgan maktab direktori.

Mahalliy aholidan ba'zilar zararlanish manbasi maktabdan 3 km uzoqda joylashgan Porsmut gazodiffuziya zavodi bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Avval bu obektda AQSh atom energiyasi uchun boyitilgan uran, jumladan qurol urani ishlab chiqarilgan. Ushbu obektda uranni boyitish ishlari 2001 yilda tugatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: