Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi yeri olib qo‘yilgan fermer ayol bo‘yicha ma'lumot berdi
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Xolbuvi opa baraka” MChJ rahbari Xolbuvi Tangirovaning ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotgan muammosi o‘rganildi.
O‘rganish ishlari natijasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimining 2018 yil 19 iyundagi 1251-son qaroriga asosan fuqaro Xolbuvi Tangirovaga 124.0 gektar yer maydoni ajratilganligi aniqlandi. Ushbu qarorga asosan “Xolbuvi opa baraka” fermer xo‘jaligi tashkil etilib, tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018 yil 28 iyunda 618819-son reyestr raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
2018 yil dekabr oyida fuqaro Xolbuvi Tangirova ta'sischiligida “Xolbuvi opa baraka” MChJ tashkil etilgan hamda tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018 yil 6 dekabrda 631664-son reyestr raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ajratilgan 124.0 gektar yer maydoni MChJga biriktirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 974-son “Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “TASHKENT COTTON TEXTILE CLUSTER” MChJga paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida doimiy egalik qilish hamda foydalanish huquqi bilan 35,4 ming gektar sug‘oriladigan yer va 3,1 ming gektar baliqchilik ko‘llari ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 974-son, Toshkent viloyati hokimining 2018 yil 3 dekabrdagi 926-son qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan Quyi Chirchiq tuman hokimining 2018 yil 10 dekabrda 2245-son hamda 2019 yil 23 yanvarda 91-son qarorlari qabul qilingan.
Tuman hokimining 2019 yil 23 yanvarda 91-son qaroriga asosan “TASHKENT COTTON TEXTILE CLUSTER” MChJ tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalarga 37.182 gektar yer maydoni ajratilgan.
Buning oqibatida, fuqaro Xolbuvi Tangirovaga qarashli 124.0 gektar yer maydoni “TASHKENT COTTON TEXTILE CLUSTER” MChJga o‘tkazilgan.
Biroq fuqaro Xolbuvi Tangirovaga yetkazilgan zarar qoplanmasdan qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86-moddasi, 5-bandida zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi belgilangan.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati savdo-sanoat palatasi tomonidan fuqaro Xolbuvi Tangirovaga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilgan hamda sudning 2019 yil 6 maydagi 4-1103-1901/779-sonli ajrimiga asosan ishni ko‘rib chiqish 22 may kuni soat 12:35ga belgilangan, deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Jahon | 09:09
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
Mavzuga oid

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

16:03 / 16.07.2025
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi

16:39 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?

19:24 / 05.07.2025