Slovakiya prezidenti 3 ta maoshi miqdoridagi jarimaga tortildi

Jahon 23:46 / 14.05.2019 8789

Slovakiya milliy kengashining (parlament) davlat lavozimlarida manfaatlar ixtilofini istisno qilish qo‘mitasi Slovakiyaning amaldagi prezidenti, millioner Andrey Kiskaga uning 3 ta maoshi miqdorida jarima soldi. Bunga Kiskaning 2014 yilgi saylovoldi kampaniyasini unga tegishli KTAG kompaniyasi mablag‘laridan moliyalashtirganini yashirgani sabab bo‘lgan. 

Prezidentlik vakolatlari bir oydan keyin yakunlanadigan Kiska 39 ming yevro miqdorida jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi, chunki Slovakiya prezidentining maoshi 13 ming yevroni tashkil qiladi. 

Amaldagi prezident parlament qo‘mitasining bu qaroriga e'tiroz bildirgan va uni “siyosi  y raqiblari qilmishi” deb atagan. U ushbu masalani konstitutsiyaviy sudga olib chiqmoqchi. Uni bu masalada parlamentdagi muxolifat partiyalari deputatlari qo‘llab-quvvatlashmoqda. 

Kiska siyosatga katta biznesdan kelgan. U 2014 yil 15 iyunda prezident lavozimini bajara boshlagan va o‘sha ondayoq maosh olishdan bosh tortib, ularni nochor oilalarga o‘tkaza boshlagan. Yana bir oydan keyin Kiska o‘z lavozimini martda o‘tgan prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan advokat Zuzana Chaputovaga bo‘shatib beradi.

Ko‘proq yangiliklar: