Avstriyada migrantlar amal qilishi kerak bo‘lgan 10 ta qoida ishlab chiqildi

Jahon 23:26 / 14.05.2019 5675

Avstriyaning Quyi Avstriya federal yeri ma'muriyati qochqinlarni qonunlarga amal qilish va Avstriyaga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirishga chorlovchi o‘zini tutish qoidalarini ishlab chiqdi.

“Migratsiya uchun 10 ta qoida” deb nomlangan ushbu kodeksni integratsiya masalalari bo‘yicha jamoat vaziri Gottfrid Valdxoyzl taqdim qilgan.

O‘zini tutish kodeksi qochqinlarga Avstiya qonunlariga rioya qilish, nemis tilini o‘rganish, kelishmovchiliklarni zo‘ravonlik qo‘llamay hal qilish, farzandlarni Avstriya qadriyatlariga muvofiq tarbiyalash, diniy erkinlikni hurmat qilish, Avstriyaga yordam uchun minnatdorlik bildirish talablarini o‘z ichiga olgan.

Avstriyada boshpana so‘rovchilarga bu kodeksni imzolash taklif etiladi. Biroq bu qoidalarni buzganlarga nisbatan jazo qo‘llash ko‘zda tutilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: