Markaziy bankning yana bir viloyatdagi bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 11:41 / 13.05.2019 25021

Joriy yilning 13 mayidan e'tiboran Valijon Dexqonovich To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, V.To‘rayev 1972 yil 13 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan, mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, iqtisodchi. 

Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Ichki audit departamenti direktori o‘rinbosari - Markaziy bank va uning hududiy bosh boshqarmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini audit qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Bundan oldin, Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: