Fitch Ratings O‘zbekistonning xorijiy va milliy valutadagi uzoq muddatli reytingini «BB-», «Barqaror» prognozi darajasida tasdiqladi. Bu haqda agentlikning matbuot uchun xabarnomasida aytiladi.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston reytinglari ishonchli suveren balans, davlat qarzlarining pastligi va xomashyoga yuqori qaramlik fonida rekord o‘sish, yuqori inflatsiya hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM nuqtai nazaridan tuzilmaviy zaifliklar bilan muvozanatlashgan.
Agentlik iqtisodiyotning haddan tashqari dollarlashganini asosiy muammolardan biri sifatida keltirgan. Xususan, aynan u pul-kredit siyosatining samarasini cheklaydi, sababi dollar depozitlarning 37,4 foizini va kreditlarning 56,5 foizini tashkil qiladi.
Boshqa muammolar - kreditlarni davlat tomonidan moliyalashning bozor stavkalaridan pastligi bo‘yicha yuqori ulush (qoplanmagan kreditlarning 50 foizi) va mahalliy kapital bozorlarining kam rivojlanganligi.
Shundan kelib chiqib, Fitch’ning kutishicha, 2019 yilda inflatsiya o‘rtacha 15,2 foizni tashkil etadi va 2020 yilda 13,5 foizga sekinlashadi.
O‘zbekiston rahbariyati islohotlar dasturiga qat'iy rioya qilayotganiga qaramasdan, iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur'atlari, xususiy investitsiyalar miqdorini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish nuqtai nazaridan dasturning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishdagi kechikish, kutilgan ijtimoiy xarajatlar bilan birga, islohotlardan «charchash»ga olib kelishi mumkin, ammo bu ijtimoiy barqarorlikka ta'sir ko‘rsatmaydi, deb hisoblamoqda agentlik.