Toshkentda Xitoy diplomatik vakolatxonasining yangi binosi quriladi

O‘zbekiston 08:26 / 11.05.2019 3347

2019 yilning 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Hidoyxo‘jayev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirining yordamchisi Lyu Syanfa bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Toshkent shahrida Xitoy diplomatik vakolatxonasining yangi binosini qurish bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilingan.

Ma'lumot uchun: XXR 1991 yil 27 dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi. Diplomatik aloqalar 1992 yilning 2 yanvarida o‘rnatildi, shu yili tomonlar O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasini va Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi elchixonasini ochishga qaror qildi.

Ko‘proq yangiliklar: