Prezident Toshkentni aylanadi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochilishi kutilmoqda

O‘zbekiston 09:56 / 10.05.2019 45058

Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha obektlarga tashrif buyuradi. 

Kun.uz axborot manbasi xabariga ko‘ra, davlat rahbari poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlariga borishi kutilmoqda. 

Qayd etilishicha, Toshkentda bugunning o‘zida ikkita yangi masjid ochilishi kutilyapti. Xususan, masjidlardan biri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilgan masjid ekani aytilyapti.

Bundan bir necha kun avval Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi majmuada qurilish ishlari nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida ekani ma'lum bo‘lgandi.

Majmua tarkibidagi masjidga kirish joyidagi muhtasham ichki va tashqi peshtoq to‘la qurib bitkazilgan. Majmuani bezab turadigan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatilgan. Masjid ichidagi bezak ishlari yakuniga yetgan.

Shuningdek, Prezident bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha boshqa obektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: