Anjumanning rasmiy saytida ma'ruzachilarning taqdimotlari dasturi e'lon qilindi. Ochilish marosimi 16 may kuni soat 09:20da bo‘lib o‘tadi. An'anaga ko‘ra, tadbir International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita zalida, parallel seksiyalarda tashkil etiladi. Joriy yilda Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonlik ma'ruzachilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Anjumanning butun kuni davomida Mail.ru Group, «Yandeksa», ivi.ru va «Odnoklassniki» kabi xalqaro tarmoqlar, shuningdek, digital-sanoatning mahalliy mutaxassislardan iborat yirik jamoalari ishtiroki rejalashtirilmoqda. Anjuman o‘sha kuniyoq tashrif buyuruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan, sovriniga iPhone X qo‘yilgan o‘yin bilan yakunlanadi.
Konferensiya O‘zbekistonning yetakchi reklama agentligi Ledokol Group tomonidan tashkil etilgan. USENET 2019 ning Bosh homiysi Beeline Uzbekistan kompaniyasi. Bosh axborot hamkori O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Tadbir homiylari: «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i, Click mobil banking tarmog‘i, Uzcard, Mirzo Ulugbek Innovation Center. Konferensiyaning rasmiy avtomobili LADA, rasmiy ichimligi – CafePHO.
Ishtirok etish uchun bepul chiptani anjumanning Telegram kanalida olishingiz mumkin: @usenet2019.
Anjuman rasmiy sayti:www.usenet.uz