Netanyaxu Isroil Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

Jamiyat 15:58 / 08.05.2019 7912

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

"Biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga imkon bermaymiz. Bizni o‘ldirishlari mumkin bo‘lganlarga qarshi kurashishda davom etamiz", degan Netanyaxu.

2018 yil 8 mayda AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronning yadroviy ishlab chiqarishlarni cheklashi evaziga BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalarini bekor qiluvchi shartnomadan chiqishini bildirdi. O‘tgan yil noyabrda AQSh Eronning neft sektoriga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi.

Chorshanba kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehron 60 kun davomida yadroviy kelishuvning ikki bandi bo‘yicha shartlarni bajarmasligini e'lon qildi. Agarda yadroviy kelishuv ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini bajarmaydigan bo‘lsa, Eron uranni boyitish va Arakdagi yadroviy reaktorni modernizatsiya qilish ishlarini boshlaydi.
 

Ko‘proq yangiliklar: