Siz kimsiz – frilansermi yoki tadbirkor? Set Godin buni tushunishga yordam beradi

Light 17:15 / 07.05.2019 8199

Mashhur marketolog ishlash asosida borishingiz mumkin bo‘lgan uch yo‘lni ko‘rsatib o‘tadi.

Frilansermisiz yoki tadbirkor? Bu qandaydir yuzaki tafovutlar emas, javobingiz barini o‘zgartiradi.

Foto: Rachel Lovinger/Flickr

Frilanserlarga ishlagan vaqtida pul to‘lanadi. Frilanserlar o‘z mehnatini kengaytirish bilan shug‘ullanishmaydi, ular haqiqiy tadbirkorlarning kichik talqini emas. Frilanserlar ularga ehtiyoji mavjud bo‘lgan mijozlar uchun muayyan ishni amalga oshiradilar.

Agar frilanser bo‘lsangiz va o‘z ishingizni kengaytirish uchun xodimlarni ishga olsangiz, qopqonga tushib qolishingiz mumkin – tez orada dastlab bajarmoqchi bo‘lgan ishingizdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.

Tadbirkorlar esa, aksincha, o‘sishni maqsad qilishgan. Tadbirkorning ishi biror ishni bajarish emas, uni amalga oshiradigan kompaniyani yaratish. Meri Barra GM’da  avtomobillar ishlab chiqarmaydi. U ishni GM’da avtomobil ishlab chiqarishlari uchun tashkillashtiradi.

Amaliyotda tadbirkorlarning ikki turi mavjud: moliya jalb etuvchilar va butstrepperlar.

Moliya mablag‘larini oluvchi tadbirkorlar haqida doimiy ravishda eshitasiz. Ular kompaniyani yanada rivojlantirish uchun o‘zga kishilarning mablag‘idan foydalanishadi. Kun kelib kompaniyani ommalashtirgandan keyin uni sotib yoki dividendlarni to‘lab, pulni qaytarishlariga to‘g‘ri keladi.

Butstrepperlar-chi? Ular o‘z mijozlarining pulidan foydalangan holda biznes yaratishadi. Butstrepperlar mijozlar ularni bajonidil moliyalashtirishi uchun yaxshi xizmat qilish orqali ongli tanlovni amalga oshiradilar.

Foto: Unsplash

Men tashqi moliya mablag‘iga tayangan tadbirkor bo‘lganman. Bari omadli kechgani mening yutug‘im.

Shuningdek ko‘pincha butstrepper ham bo‘lganman.

Hozir esa ko‘pincha frilanser kabi ishlayman (men faqat ana shunday postlar va kitoblar yozaman).

Umuman olganda, agar o‘zingiz uchun ishlashni istasangiz, sizda uch yo‘l mavjud.

Mana ko‘p yillardirki, frilanser/butstrepper/tadbirkor yo‘nalishlari haqida gapiraman. Ko‘pincha quyidagi fikrlarni eshitaman:

«Rahmat, siz menga frilanser bo‘lib ishlash uchun «yashil chiroq» berdingiz. Yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi, hozir men eng yaxshi ishga egaman».

Yoki

«Baholar, mablag‘larni jalb etish madaniyati va shunga o‘xshash boshqa narsalarga e'tibor qaratishim shart emasligiga xursandman. Biznesimiz gullab-yashnamoqda, chunki bustrepper ekanimizdan faxrlanamiz».

 

Ko‘proq yangiliklar: