Krasnoyarskda o‘zbek gilosining bir kilogrammi 7,6 dollardan sotilmoqda

Foto: Shutterstock
Krasnoyarskdagi meva-sabzavot do‘konlari hamda supermarketlarda O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos paydo bo‘ldi.
«Prospekt mira» nashri ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos «Krasnyy Yar» do‘konlariga keltirildi. Mahsulot narxi hozir biroz qimmat - bir kilogramm uchun 499 rubldan (7,6 dollar). Aytishlaricha, gilosda «ta'm, rang, hid bor, ammo u konserva uchun mos emas».
«O‘zbekistondan katta miqdorlarda yetkazib berish 25 maydan boshlanadi, o‘shanda narx 250 rublgacha (3,8 dollar) tushishi mumkin», - deyiladi nashr xabarida.
Mavzuga oid

21:20 / 14.01.2025
O‘zbekistonlik erkak Krasnoyarsk aeroportida boshqa odamga pichoq bilan hamla qildi

14:30 / 24.09.2024
Krasnoyarsk o‘lkasida to‘rt bola zaharlanishdan vafot etdi

08:58 / 30.05.2024
O‘zbekistonda gilos hosili rekord darajada kechikmoqda - EastFruit

09:44 / 22.03.2023