Erta o‘limning asosiy sababi ma'lum qilindi

Light 15:37 / 07.05.2019 43370

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Shimoli-G‘arbiy universiteti olimlari yurak kasalliklari erta o‘limning asosiy sababi hisoblanishini aniqlashdi. Bu haqda EurekAlert portali yozmoqda.

Tadqiqot davomida 1999 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda qayd etilgan, taxminan 48 million kishining o‘limi bo‘yicha asosiy va bog‘liq sabablar haqidagi ma'lumot o‘rganib chiqildi.

Natijada aniqlanishicha, oxirgi yetti yil davomida odamlar ko‘proq yurak kasalliklari bilan bog‘liq muammolar tufayli hayotdan ko‘z yumyapti. Yurak yetishmovchiligini tibbiy va jarrohlik yo‘li bilan davolash sohasidagi sezilarli yutuqlarga qaramay, o‘lim holatlarining o‘sishi kuzatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: