Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi Ramazon oyi munosabati bilan qabristonlarda obodonlashtirish tadbirlarini o‘tkazdi

Jamiyat 00:57 / 06.05.2019 3846

Kecha, 5 may kuni Respublika Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l va Sergeli tumanlarida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish hasharlari o‘tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Hasharda «Zangiota» ziyoratgohi va 4 ta qabristonda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, ariqlarni tozalash, hududni tartibga keltirish kabi ishlar amalga oshirilgan. 

Institutning doimiy va o‘zgaruvchan tarkibidan jami 400 nafar xodim va kursantlar mazkur tadbirda ishtirok etdi, deyiladi xabarda.

Institutda bu kabi ishlar doimiy yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, haftaning har shanba va yakshanba kunlari Sergeli, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar, yakka yolg‘iz hamda nogironligi bor fuqarolarning xonadonlarida hasharlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: