Xitoy yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarda ishtirok etmaydi

Jahon 14:30 / 06.05.2019 10375

Xitoy atom qurollarining yirik zaxirasiga ega bo‘lgan mamlakatlarning yadro qurollarini qisqartirish jarayonini tezlashtirishini taklif etadi, dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan.

"Xitoyning yadro qurollari zaxirasi Rossiya va AQShnikidan ancha oz, ular oqilona miqdorda va milliy xavfsizlikni ta'minlash vazifasiga mos keladi. XXR yadro qurollarini qisqartirish maqsadida o‘tkaziladigan uch tomonlama muzokaralarda ishtirok etmaydi", dedi u.

Gen Shuanning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy zaxirasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarning bu qurollarni qisqartirishi boshqa davlatlarning ham qurolsizlanishi uchun sharoit yaratadi. 

U shuningdek, Pekin yadroviy salohiyatidan hujum maqsadlarida foydalanmasligini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: