Poroshenko yil boshidan buyon 12 million dollardan ortiq daromad qildi

Jahon 15:40 / 06.05.2019 9692

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko yanvar-aprel oylarida 12,4 million dollar daromad ko‘rdi. Bu haqda uning deklaratsiyasida ma'lum qilingan.

Poroshenko yil boshidan beri "Praym Essets Kepital" aksiyadorlik jamiyatidan 8 million dollarga yaqin dividend olgan.

Yana 4 million dollarga yaqin mablag‘ni ichki davlat zayomiga egalik qiymatining qaytarilishi ko‘rinishida Ukraina moliya vazirligidan olgan.

Shuningdek, Xalqaro investitsion bankdagi omonatlaridan 163 ming dollarga yaqin foiz ko‘rinishidagi daromadga ishlagan, OAVdan uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi haqidagi noto‘g‘ri maqola uchun 66,3 ming dollar tovon puli olgan.

Ko‘proq yangiliklar: