Falastin va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Jahon 12:13 / 06.05.2019 8275

Falastin va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda G‘azo sektoridagi telekanallar xabar qilgan.

Reuters axborot agentligining falastinlik manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Misr vositachiligida erishilgan kelishuv 6 may soat 4.30dan amal qila boshlashi belgilangan.

Keyinroq isroillik harbiylar Falastin tomonidan o‘t ochilishi sababli mamlakat janubi aholisi uchun kiritilgan barcha cheklovlar soat 7dan olinishini e'lon qilishgan. Bu esa o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilganini tasdiqlashini bildiradi.    

May boshida falastinliklar tomonidan Isroilning o‘qqa tutilishi boshlangandan keyin Isroilga 600 ga yaqin raketa va minalar otilgan. Isroillik harbiylar bunga javoban G‘azo sektoridagi deyarli 300 ga yaqin obektga aviazarba bergan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zaro hujumlar oqibatida Isroil tomonidan 4 kishi, Falastindan 25 kishi halok bo‘lgan.  

O‘zaro zarbalar berilishi ikki tomon o‘rtasida deyarli bir oylik osoyishtalikka chek qo‘ygan va 2014 yil yozidan beri eng ko‘p qon to‘kilgani bo‘lgan. Bu holat Tel-Avivda may o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yevrovideniye” xalqaro musiqiy tanlovi o‘tkazilishini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: