Yaponiyada bolalar soni rekord darajada kamayib ketdi

Jahon 14:19 / 05.05.2019 17113

Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni rekord darajada kamayib ketdi va 15,33 million nafarni tashkil etdi, deb ma'lum qildi mamlakat ichki ishlar vazirligi.

Joriy yilning  aprel holatiga ko‘ra, Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan 7,85 million o‘g‘il bolalar va 7,48 million qiz bolalar bor. O‘tgan yilga solishtirganda, mamlakatda bolalar soni 180 ming nafarga kamaygan.

Yaponiyada bolalar sonining kamayishi 38 yildan buyon muntazam ravishda kuzatilmoqda. Mamlakatda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar aholining 12,1%ini tashkil etadi.  

Jamiyatning qarishi, ya'ni mehnatga layoqatli yosh aholining kamayishi va pensionerlar sonining oshishi Yaponiyadagi jiddiy ijtimoiy muammo hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: