Shri-Lankada teraktlardan keyin maktab ta'tillari uzaytirildi

Jahon 10:00 / 05.05.2019 3197

Shri-Lankada sodir etilgan bir qator teraktlardan keyin davlat maktablarida boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun ta'tillarni 13 maygacha uzaytirishga qaror qilindi.

Avvalroq milliy xavfsizlik kengashi mamlakatdagi xavfsizlik bilan vujudga kelgan qaltis vaziyat sababli ta'lim muassasalarida ta'tilni 6 maygacha uzaytirishga qaror qilgani ma'lum qilingandi. 

Xabarga ko‘ra, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari 13 maydan, 6-sinf va undan yuqori sinflar o‘quvchilari esa 6 maydan o‘qishni boshlaydilar. 

Shri-Lankada 21 aprelda Pasxa bayrami nishonlanishi vaqtida 8 ta portlash sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar 250-260 kishining hayotini olib ketgan. 

Ko‘proq yangiliklar: