Shimoliy Koreya raketa sinovlari o‘tkazishdan maqsadni ma'lum qildi 

Jahon 07:30 / 05.05.2019 16204

Shimoliy Koreya tomonidan raketalarning sinovidan maqsad uzoq masofalarga mo‘ljallangan yirik kalibrli pusk qurilmalari va taktik boshqariluvchi qurollarning ekspluatatsiya qilish xususiyatlari va zarbaviy ko‘rsatkichlari aniqligini baholash va tekshirishdan iborat. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.    

Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi 4 may kuni Shimoliy Koreya kichik masofalarga mo‘ljallangan raketani uchirganini ma'lum qildi. Shundan keyin qo‘mita raketa so‘zini qo‘llamagan holda yana bir nechta uchirishlar o‘tkazilganini qo‘shimcha qilgan.

Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp, Shimoliy Koreya raketa uchirganiga qaramasdan, Pxenyan bilan yadroviysizlash haqidagi kelishuvni tuzish imkoni borligini va bu Shimoliy Koreyaga katta iqtisodiy naf keltirishini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: