Rossiyada messenjerlar foydalanuvchilari telefon raqami orqali identifikatsiyadan o‘tadigan bo‘ldi

Fan-texnika 12:00 / 05.05.2019 4473

Rossiyada 5 maydan messenjerlar egalari foydalanuvchilarni telefon raqami orqali identifikatsiyalashi shartligi to‘g‘risidagi hukumat farmoyishi kuchga kirdi. Tegishli farmoyish o‘tgan yilning oktyabrida imzolangandi.

Farmoyishga muvofiq, foydalanuvchini identifikatsiyadan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: messenjerlar uyali aloqa operatoridan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma'lumotni so‘raydi, operator so‘ralgan ma'lumotlarni 20 daqiqia ichida taqdim etishi shart. Agarda operator foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etmasa yoki ma'lumotlar bazasida tegishli ma'lumotlar bo‘lmasa, identifikatsiya o‘tkazilmaydi.

Uyali aloqa operatori o‘z navbatida abonent qaysi ilovadan foydalanayotgani, uning identifikatsiya kodi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ma'lumotlar bazasiga kiritishga majbur.

Ko‘proq yangiliklar: