Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSh bostirib kiradigan bo‘lsa mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi, deb xabar berdi RT telekanali.
"Agarda Shimoliy Amerika imperiyasi bu muqaddas yerga tajovuz qilishga haddi sig‘adigan bo‘lsa harbiylar mamlakatni qo‘lda qurol bilan himoya qilishga tayyor turishlari shart", — dedi u Koxedes shtatida minglab yosh kadetlar bilan uchrashuvda.
30 aprelda Venesuelada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin muxolifat vakillari o‘z yetakchilari Xuan Guaydo chaqirig‘iga ko‘ra Karakas va boshqa shtatlar ko‘chalariga chiqishdi. Politsiya bilan eng keskin to‘qnashuvlar Karlota aviabazasi yaqinida bo‘lib o‘tgan. Baza yaqinidagi otishmada 6 kishi jabrlangani ma'lum qilingan.