Kuvaytda 10 yilga qamalgan rossiyalik ayol 65 mln dollar evaziga ozod qilindi

Jahon 20:44 / 05.05.2019 21770

Kuvayt sudi rossiyalik tadbirkor ayol Mariya Lazarevani qamoqdan ozod etish haqidagi qarorni chiqardi. KGL Investment firmasi rahbari bo‘lgan ayol amirlikda 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Ma'lum qilinishicha, Lazareva 65 mln dollar garov puli evaziga ozod qilingan. Mablag‘ni kim to‘lab bergani ma'lum qilinmagan. Biroq ayolning ishi yopilmagan, u iyun boshida davom ettiriladi.

Kuvayt huquq-tartiboti idoralari 2017 yilda rossiyalik ayol tomonidan logistik obektga mo‘ljallangan budjet pullarining sarflab yuborilishi yuzasidan tergov boshlashgan.

Shuningdek, Lazarevaning mahalliy hamkasbi bo‘lgan Said Dashtiy ismli shaxs ham garov puli evaziga ozod qilingan. Unga to‘langan pul 130 mln dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: