Jeenbekov Qirg‘izistonda uran qazib olinmasligiga va'da berdi 

Jahon 10:30 / 05.05.2019 10572

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonda uran qazib olinmasligiga va'da berdi. U bu haqda konstitutsiyaviy palata sudyalari bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda, jumladan poytaxt Bishkekda Qizil-Ompolda geologik qidiruv ishlari olib borilayotgani haqidagi ma'lumotlardan keyin uran konlarini o‘zlashtirishga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan. 22 aprelda Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev u yerda barcha ishlarni to‘xtatishga ko‘rsatma bergan.

Foto: CABAR.asia

“Biz keyingi  avlodga birdam jamiyat, huquqiy davlat topshirishimiz lozim. Sof, yashil tabiatni asrashimiz lozim. Fursatdan foydalanib shuni aytmoqchimanki, jamiyatda Issiq-ko‘l viloyatidagi Qizil-Ompolda uran qazib olish masalasi o‘tkir muhokama qilinmoqda. Fuqarolarimiz bu borada tashvish bildirishmoqda”, deb aytgan Jeenbekov.  

“Aniq aytaman – Qirg‘izistonda uran qazib olinmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Qirg‘iziston prezidenti. 

Jeenbekovning aytishicha, u 2018 yilda ruxsatnomalar berilishi tizimini batafsil tahlil qilish va inventarizatsiya o‘tkazishni taklif qilgan. Yangi litsenziyalarni berishga taqiqlov kiritilgan.

Mamlakat rahbari Qizi-Ompoldagi vaziyatni “tog‘-kon sohasidagi betartiblik, o‘zboshimchalik siyosat natijasi” deb baholagan. Jeenbekovning ta'kidlashicha, mustaqillik yillarida mamlakatda yer qa'ridan foydalanishga 2,5 mingdan ko‘proq litsenziya berilgan. Oxirgi 8 yilda bu sohada yuzlab jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan, ular bo‘yicha tergovlarning ko‘pi yakuniga yetkazilmagan va hozirda bu masala bilan maxsus ishchi guruh shug‘ullanmoqda. 

“Yana bir bor qaytaraman: Qizil-Ompolda uran qazib olish ishlari olib borilmaydi. Hukumatning bu masalaga befarq munosabati sababli shunday katta jamiyat rezonansi yuz berdi. Bezovtaliklar bo‘sh joyda boshlanmagan. Biz navbatdagi sayyohlik mavsumiga tayyorlanayotganimizda bunday shovqin-suronni mavsumni va sohani barbod qilishga qaratilgan g‘arazli harakat deb baholagan bo‘lardim. Shu sababli yurtdoshlarga, fuqarolik jamiyatiga, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilaman: xavotirga hech qanday asos yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tgan Qirg‘iziston rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: