Hindistonda siklon oqibatida 30ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Jahon 17:39 / 05.05.2019 7990

Juma kuni Hindistonning Orisha shtatida yuz bergan siklon oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.

Shtat bosh kotibi Aditya Prasad Padxining so‘zlariga ko‘ra, ulardan 21 nafari Puri shahrida halok bo‘lgan. Hukumat tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan 10 mingta qishloq va 52 shahar rayonida ommaviy tiklash ishlarini tashkil etgan.

Tsiklon yaqinlashishi oldida shtatda milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi va vaqtinchalik lagerlarga joylashtirildi. Butun shtat bo‘yicha 220 dan ortiq poyezd harakati to‘xtatildi, qator yirik shaharlardagi aeroportlar ishlamayapti. Maktab, kollej va davlat tashkilotlarida ish to‘xtatilgan.

Ekspertlarning baho berishlaricha, bu keyingi Hindistonda 20 yilda yuz bergan eng talofatli siklondir.

Ko‘proq yangiliklar: