Guaydo Maduroni ag‘dara olmaganini tan oldi

Jahon 08:59 / 05.05.2019 49422

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darishga urinish venesuelalik harbiylar tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmagani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan oldi. U bu haqda The Washington Post nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.    

Guaydoning aytishicha, u harbiylar muxolifat tomoniga ommaviy ravishda o‘ta boshlashlariga umid qilib, Maduro vakolatlarini topshirishini mo‘ljallagan. Biroq bu yuz bermagan va shu sababli siyosatchi o‘zi va tarafdorlari xatoga yo‘l qo‘yishganini tan olgan.

“Ehtimol buning sababi bizga ko‘mak, konstitutsiyani himoya qilish uchun ko‘proq askarlar lozimligida bo‘lsa kerak”, deb aytgan Guaydo.

Siyosatchi AQShning Venesuelaga harbiy intervensiya boshlash haqidagi taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgan.  

U AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton unga qo‘ng‘iroq qilib, Vashingtonning harbiy aralashuvini taklif qilganda nima deb javob berishi haqidagi savolga “Rahmat, ushbu variant uchun. Biz bu taklifni baholab, ushbu inqirozni hal qilish uchun uni parlamentda ko‘rib chiqamiz. Agar bunga zarurat bo‘lsa, ehtimol uni ma'qullaymiz” deb aytishini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: