Shri-Lanka prezidenti: teraktlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan 30ga yaqin kishi hali ham ozodlikda 

Jahon 22:11 / 04.05.2019 2920

Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena mamlakatdagi teraktlarga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25-30 kishi hozircha ozodlikda yurganini aytdi. U bu haqda Reuters agentligiga bergan intervyusida aytgan.

"Biz guruhning barcha faol a'zolari shaxsini aniqladik, hozirda ularni qo‘lga olish masalasi turibdi", - deb ta'kidlagan u. 

U shuningdek, turkum portlashlarga IShID terrorchi guruhi javobgar ekanligini bildirgan.

Sirisenaning qayd etishicha, teraktlar bo‘yicha surishtiruv ishlarida sakkiz davlat maxsus xizmatlari, jumladan, Interpol va FQB ishtirok etgan.

Hozirga kelib teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinib yuzdan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: