Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keshyu yig‘ib olish mashaqqatlari: Hindiston aholisi barchaga sevimli yong‘oqni og‘ir mehnat evaziga olishadi
Keshyu — mashhur va ko‘pchilik tomonidan sevib iste'mol qilinadigan mahsulot. Yana bir kam tarqalgan nomi – hind yong‘og‘i. Keshyuning vatani Braziliya hisoblanadi, biroq keyinchalik mahsulot Hindiston, Afrika, Indoneziya, Vetnam va boshqa davlatlarga olib kelingan. Bugungi kunda yong‘oq hatto Ozarbayjon va Eronda ham yetishtiriladi. Vetnam, Nigeriya va Hindiston eng yirik yetkazib beruvchilardan sanaladi. Ana shu ro‘yxatdagi mamlakatlardan eng so‘nggisiga virtual sayohatni amalga oshiramiz va aholi plantatsiyalarda qanday mehnat qilishini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ramiz.
Keshyu qanday ko‘rinishda ekanini hamma biladi, biroq u qanday o‘sishi va uni yig‘ib olish jarayoni haqida barcha ham yetarli ma'lumotga ega emas. Bu yong‘oq baland daraxtda o‘sadi va nokni esga soluvchi meva bandiga ega.
Mag‘izning o‘zi qattiq po‘choq ostida bo‘ladi. Uni dastlab chaqish kerak. Biroq u juda zaharli, chunki tarkibida anakard kislotasi va kardol kabi moddalar bor. Teriga tekkanida kuchli kuyish izlarini qoldiradi.
Hindistonda keshyuga ishlov berish fermalaridagi ishchilar soni 500 ming kishiga yetadi. Odatda ular 13 dan boshlab 50 yoshdan oshgan ayollardan iborat.
Bu yerda hech qanday mashina va avtomatlashtirilgan konveyerlar yo‘q. To‘liq qo‘l mehnatiga asoslangan. Biroq ishchilarning maoshi katta emas va ular tomonidan tozalangan yong‘oqning vazniga bog‘liq. Yanada ko‘proq o‘lchamni amalga oshirish uchun ayollar ko‘pincha noqulay qo‘lqoplardan voz kechishadi va zaharli mevalarga qo‘lda ishlov berishadi. Keshyuning qalin po‘sti maxsus asbob yoki pichoq, ayrim hollarda esa oddiy tosh bilan ochiladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

17:14 / 20.11.2024
Chirchiq shahrida 4 tup yong‘oqni kesgan shaxs tabiatga 247 million so‘m zarar yetkazdi

19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot

18:08 / 20.09.2021
Rossiya, Turkiya hatto Gruziyagacha mag‘iz eksport qilayotgan uchqo‘rg‘onlik onaxon

10:36 / 08.08.2020