Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 1 may kuni tushgan xabarga ko‘ra, shu yil 9 yanvar kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi O.R. Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.K.ga 5 ta avtomashina olib berishini va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan jami 69 000 AQSh dollari va 22 400 000 so‘m pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.
O.R. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.