Eron prezidentining ukasi qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: AP Photo / Vahid Salemi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi, 2017 yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib hibsga olingan Husayn Fereydun qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi ISNA agentligi.
Fereydun 2017 yil 16 iyulda hibsga olingandi. Fereydun va boshqa qator shaxslarga nisbatan bir nechta surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Husayn Fereydun ma'lum bir ayblovlar bo‘yicha sud tartibida oqlandi, ammo boshqa ayblovlar bo‘yicha qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud qarori yakuniy bo‘lmagani sababli tafsilotlarni ayta olmayman", - dedi davlat xizmatchilari sud departamenti rahbari Hamid Rizo Husayniy.
Husayn Fereydun 2015 yilda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda mazkur davlatning maxsus vakili bo‘lgan.
Mavzuga oid

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025