Nelson Mandelaning qamoq kamerasi eshigi surati 112 ming dollarga sotildi

Jahon 09:35 / 03.05.2019 13388

JARning sobiq prezidenti Nelson Mandelaning Robben orolidagi qamoq kamerasi eshigi surati Nyu-Yorkdagi Bonhams auksion uyida 112 ming dollarga sotildi.

“Otam prezident lavozimidan pensiyaga chiqqanda, o‘zini nima bilan band qilishni bilmagan. Fikrimcha, u uchun san'at o‘zini ifodalash uchun ajoyib usul yoki tarix, butun hayotiga ko‘nishga urinish bo‘lgan”, deb aytgan suratni sotuvga qo‘ygan Mandelaning qizi. 

Mandela hammasi bo‘lib 22 ta xomaki surat qoldirgan. 

Mandela (1918-2013) Afrika milliy kongressi yetakchilaridan biri, aparteidga qarshi kurashchilardan bo‘lgan. U o‘z haq yo‘li uchun bir necha bor qamalgan. 1994 yilda Janubiy Afrika Respublikasida saylovchilarning ko‘pchiligi afrikaliklarni tashkil qilgan ilk umummilliy saylovlar o‘tkazilgan. Uning natijalariga ko‘ra Mandela JARning birinchi qora tanli prezidenti bo‘lgan. U bu lavozimni 1999 yil iyungacha egallagan.  

Tinchlik uchun 1993 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Mandela Robben orolidagi turmada 18 yillik (1964-1982) umrini o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Mandela umumiy hisobda umrining 27 yilini panjara ortida o‘tkazgan.

Ma'lum qilinishicha, Mandela suratda aks ettirgan 5 raqami ostidagi kameraga butun dunyo davlatlari rahbarlari, jumladan AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama va Bill Klinton tashrif buyurgan.

Mandela 2013 yil 5 dekabrda 95 yoshida vafot etgan. U ko‘plab davlatlar va xalqaro mukofotlar, jumladan Fransiyaning faxriy legioni ordeni, Rossiyaning Do‘stlik ordeni, AQSh kongressining oltin medali sohibi hisoblanadi.

Mandelaning hayoti haqida badiiy va hujjatli filmlar suratga olingan. 

Ko‘proq yangiliklar: