Onalik. Bu so‘zning zamirida o‘zgacha baxt va quvonch bo‘lganidek, o‘ziga yarasha mas'uliyatlari ham bor. Kechalari mijja qoqmay farzandi oldida girdikapalak bo‘luvchi bu xilqat vakilalari jigarbandi xastalansa o‘zlarini qayoqqa urishni bilmay qoladi. Shunday sinovlarni boshidan o‘tkazayotgan farg‘onalik ayol o‘g‘lining og‘ir xastaligi sabab yordam so‘rab murojaat etdi. Biz ushbu oila bilan suhbatlashdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
“2014 yil. O‘g‘lim ko‘chada o‘ynayotgan paytda yiqilib, tishini sindirib olgan. Ishdan kelganimizda uning hamma joyi qon edi. Ko‘p qon yo‘qotgandi. Uni tezda tish shifokoriga olib bordik. Shifokorlar bir hafta qatnashimiz kerakligini aytdi. Muolajalarda o‘g‘limning ahvoli biroz yaxshilandi. Ammo ma'lum muddat o‘tgandan so‘ng, qon ketishi yana qaytalandi. Ko‘p marta qatnadik. 4 yil yurdik. Bir safargi muolaja vaqtida shifokorlar o‘g‘limning tishini olib tashlashganda juda ko‘p qon yo‘qotdi. Kunduzi tushlik vaqtidan yarim tungacha qon ketishi to‘xtamadi. Shifoxonaga olib bordik. Qon to‘xtatadigan ukollar qilishgandan so‘ng, qon ketishi to‘xtadi. Toshkentga olib borganimizda, “velebrant” kasalligi chiqdi. Qonida ma'lum moddalar yetishmas ekan.
14 yoshgacha dorilarini vaqtida olib, ichib yursa, yaxshi bo‘lib ketar ekan. Keyin sekin-asta kamaytirib borilar ekan. Turkiyada davolansa 150 million so‘m pul ketadi, deyishdi.
Farzandim juda esli-hushli yigit. Ishdan kelsam oldimga yugurib keladi. Opalaridan oldin choy uzatadi, mehribonlik qiladi. Farzandim bilan ne kunlarni ko‘rmadik. Oxirgi marta Toshkentda borganimizda mablag‘ yo‘qligidan ko‘chalarda qolib ketdik. Amallab yuribmiz. Xudoga shukr, odamlar yordam berib turishibdi.
Xo‘jayinim zavodda ishlaydi. Oyligi unchalik ko‘p emas, kun ko‘rishimiz shundan.
O‘g‘limning muolajalari uchun yordam so‘rab tuman hokimligiga ko‘p bor murojaat qildim, hokim qabuliga ham kirdim. Yoshlar Ittifoqiga ham borganman. Ammo biror natija chiqmayapti. Ertaga boramiz, indinga boramizdan boshqa gap yo‘q.
Avval ham 2 farzandimdan ajraganman. Astag‘firulloh, bunisini ham yo‘qotamanmi, deya ezilib ketaman. Bugun yonimda, ertaga-chi, deb qo‘rqaman”, deydi bemorning onasi Muattar Matmusayeva.
Bemor Asadbekning holatini o‘rganish davomida qiziq bir vaziyatga duch keldik. O‘quvchisining sog‘lig‘ini o‘ylab bemor yigitning o‘qituvchisi qo‘ng‘iroq qildi. Muallimaning so‘zlariga ko‘ra, Asadbek hozir uy ta'limida bo‘lib, zehni juda o‘tkir yigit ekan. Bunga biz darslarni o‘zlashtirishi davomida ham guvohi bo‘ldik.
“O‘quvchim Xatamov Asadbek og‘ir-bosiq, kuchli aqlga ega yigit. O‘zining kelajakdagi qarashlari haqida yozgan inshosidan juda ta'sirlandim. Kelajakda shifokor bo‘lish barobarida yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak bermoqchi. Bu o‘quvchimning ham boshqalar qatoriga qo‘shilishini xohlardim”, deydi Asadbekning ustozi Nafosat Azimova.
Oila hozirgi kunda ehson amallar bilan ularga madad bo‘luvchi insonlarga juda muhtoj. Keling, bu yosh, navqiron yigitning hayotini saqlab qolishga sababchi bo‘laylik!
Asadbek shifo topib, tengdoshlari qatori umr kechirishi uchun harakat qilaylik.
Farg‘ona shahrining chekkasidagi bir yigit yordamimizga ilhaq bo‘lib kutmoqda.
Xatamova Yulduz (onasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:
Click/PayMe: 8600 0417 2460 5374 (Agrobank)
MFO: 00495
INN: 200152984
Naqd pul topshirganda: 23116000100000495001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:
23118000000000495001
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:
23120000600000495001
Telefon raqami: (93) 645-41-15
Bahodir Ahmedov
Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!
Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.