Hozirda bank xizmatlarini yanada qulaylashtirish, aholiga universal bank xizmatlarini taqdim etish borasida O‘zbekistondagi banklar tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
2019 yil 2 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Ipoteka-bank» ATIB tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Anjuman davomida kassa xizmatlarini universallashtirish va mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida kommunal to‘lovlar, valuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali pul mablag‘larini jo‘natish yoki olish, omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish, mobil ilovalar kabi bank xizmatlari sifatini yahshilash hamda mijozlarga qulayliklar yaratish masalalari muhokama etildi.
Hozirda mijozlar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan: jismoniy shaxslarga Ipoteka-bank mobil ilovalari orqali o‘z hisob raqamlari haqida ma'lumot olish, hisob raqamlarni boshqarish, qarzdorliklarini bankka kelmasdan so‘ndirish, plastik kartalar orqali xorijiy valutalarni sotib olish, kartadan-kartaga pul o‘tkazish kabi amaliyotlarni bajarish va h.k.
«Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Mahmud Abduraxmanov qayd etishicha, bugunga kelib, bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar soni 27580 taga yetib, mijozlarga 1,5 mln. tadan ortiq plastik karta muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari aholiga qulaylik yaratish maqsadida Ipoteka-bank tomonidan turli hududlarga 180 dan ortiq bankomatlar va infokiosklar joylashtirildi.
Ipoteka-bankda mijozlarga ko‘rsatilayotgan chakana bank xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan olib-borilayotgan chora-tadbirlar hamda bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar istiqbollari xususida berilgan ma'lumotlar jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Xudoyberganov Alisher, «Ipoteka-bank» ATIB Chakana amaliyotlar boshqarmasi boshlig‘i:
«Hozirda Ipoteka banki Davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq, Respublikamiz banklarida bir qancha chakana amaliyotlar xizmat turlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yaratilgan qulayliklardan so‘ng endilikda har bir xodim alohida xizmatlarni emas, bitta xodim aholiga turli xizmatlar ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Bu bo‘yicha mutaxassislarimiz maxsus o‘quv-kurslari orqali tajriba oshirishmoqda.»
Alimova Shaxnoza, Kichik biznes va chakana xizmatlar bloki rahbari:
«Bugungi tadbirda biz mijozlarimizga yaratilayotgan qulayliklar, bank tomonidan amalga oshirilayotgan so‘nggi yangiliklarni keng ommaga yetkazishdan iborat. Hozirgi kunda xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda transformatsiya jarayonini olib bormoqdamiz. Bu jarayonda biz xalqaro ekspertlar bilan birgalikda o‘z malakamizni oshirib, Ipoteka-bankini mamlakatdagi reytingi yuqori, nufuzli banklardan biriga aylantirishni maqsad qilganmiz. Hozirda mijozlarni mamnun etayotgan bir qancha xizmatlar – paket-mahsulotlar, internet banking va mobil ilovalar sezilarli qulaylikni yaratmoqda. Shuningdek, biz xodimlarni aktiv va passiv menejyerlarga ajratganmiz. Ya'ni, aktiv xodimlarimiz aholi, korxona va tashkilotlarga o‘zi borib, xizmatlarni taklif etadi.»
Shuningdek, Ipoteka-bank tizimida 71 ta valuta ayirboshlash shoxobchasi qonunchilikda belgilangan tartib asosida valuta mablag‘larini qabul qilmoqda, shuningdek VISA kartalaridan AQSh dollari naqd ko‘rinishda yechib berilmoqda.
Mijozlar endilikda o‘z mablag‘larini naqd ko‘rinishda nafaqat yechib olishi balki o‘z mablag‘larini mobil ilovalar orqali Ipoteka-bank «elektron hamyon»laridan foydalanib masofadan turib boshqarishlari ham mumkin.
Mazkur amaliyotlar boshqa bank mijozlari uchun ham birdek qo‘llaniladi. Valutalarni sotish va sotib olishni amaliyotlari ham onlayn tizimda amalga oshirilmoqda.
Matbuot anjumani ishtirokchilari va ommaviy axborot vositalariga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berdilar.
Reklama huquqi asosida