Avstraliyada uch ko‘zli ilon topildi 

Jahon 08:40 / 03.05.2019 25808

Avstraliyaning Darvin shahridan 40 km olisda joylashgan milliy bog‘lardan birida uzunligi 40 smlik uch ko‘zli ilon topildi. 

Foto: Northern Territory Parks and Wildlife, Facebook

Northern Territory Parks and Wildlife nashrining xabar berishicha, antiqa ilon rentgen qilinganda, u ikkita chatishib ketgan boshga emas, bitta boshga egaligini ko‘rsatgan. Uning bosh chanog‘ida qo‘shimcha ko‘z kosasi borligi ma'lum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ilonning uchinchi ko‘zi qolgan ikki ko‘zi kabi yaxshi ko‘radi.

Foto: Northern Territory Parks and Wildlife, Facebook

Ilon embrional bosqichida shunday rivojlangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: