O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi quriladigan maydon bo‘yicha kelishib oldi

Jahon 21:56 / 02.05.2019 26195

Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonda quriladigan ilk atom elektr stansiyasi quriladigan maydon bo‘yicha kelishib olindi. Bu haqda 2 may kuni Toshkentga tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlarga ma'lum qildi.     

Rossiya vakilining aytishicha, yaqin orada “Rosatom” rahbariyatining o‘zbekistonlik hamkasblar bilan navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. 

Navoiy viloyatida AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv 2018 yil sentyabrda imzolangandi. 

AES qurilishi loyihasi VVER-1200 turidagi reaktorlarga ega ikkita energoblok qurilishini ko‘zda tutadi. 2018 yil oktyabrda Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi vaqtida Vladimir Putin va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev loyihaga start berishgan. Stansiyaning ilk energoblokini 2028 yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan.    

Ko‘proq yangiliklar: