Messining «Barselona»dagi birinchi va yubiley 600-gollari bir sanaga to‘g‘ri keldi

Sport 09:26 / 02.05.2019 7220

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChL yarim finalining «Liverpul»ga qarshi ilk o‘yinida dubl qayd etdi va jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ushbu ikki gol Leoning «Barsa» libosidagi 599- va 600-gollari bo‘ldi. Kechagi bahs uning klub tarkibidagi 683-o‘yini edi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli hujumchi 491ta golini chap, 85tasini o‘ng oyoqda urgan; 22 marta boshi bilan, 1 martadan tanasi va qo‘li bilan darvozani ishg‘ol etgan.

Messi «Barsa» asosiy jamoasidagi ilk golini roppa-rosa 14 yil oldin – 2005 yil 1 mayida «Albasete» klubi bilan o‘yinda kiritgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: