Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Qualcomm kompaniyasiga patent bahsi bo‘yicha 4,7 mlrd dollar jarima to‘laydi

Foto: Shutterstock
Apple kompaniyasi uchta patentga mualliflik huquqlarini buzish ayblovi bo‘yicha sud taftishini to‘xtatish haqidagi kelishuvga ko‘ra protsessorlar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasiga 4,7 mlrd dollargacha jarima to‘lab beradi.
Apple va Qualcomm 16 aprelda patentlar va protsessorlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kelishuvga ko‘ra, Qualcomm barcha sud taftishlarini to‘xtatadi, Apple esa unga jarima to‘lab beradi.
Apple mahsulotlariga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Qualcomm kompaniyasi Apple’ni tijorat siri bo‘lgan ma'lumotni o‘g‘irlashda ayblagan. 2018 yil dekarbda Germaniya sudi Qualcomm huquqlari buzilgan deb tan olgan, bu esa kompaniyaga iPhone 7, 8 va iPhone X smartfonlarining ushbu davlatda sotilishini taqiqlashni talab qilish huquqini bergan. Apple Germaniyadagi do‘konlardan bu mahsulotlarini olib tashlashiga to‘g‘ri kelgan va ularni sud talablarini bajargandan keyingina fevral o‘rtalarida sotuvga qaytara olgan. O‘shanda Apple vakili buning uchun kompaniya Germaniyaga Intel kompaniyasi chiplari o‘rnatilgan modellarini yetkazishni to‘xtatishiga va Qualcomm chiplariga ega telefonlarni yetkazishiga to‘g‘ri kelganini ma'lum qilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
-
Oq uyning kadrlar bo‘yicha direktori Serxio Gor Toshkentda tug‘ilgan - OCCRP
Jahon | 21:54
-
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

00:33 / 20.06.2025