Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi 358-son qarorida shu nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Quyidagilar aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazishi haqida qaror qabul qilindi:
• IPO orqali – «O‘zsanoatqurilishbank» ATB (10%), «Asia Alliance Bank» ATB (10%), «Jizzax plastmassa» AJ (25%);
• SPO orqali – «Aloqabank» ATB (10%) va «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AO (12%).
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi orqali aksiyalari realizatsiya qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-son qarori yuqorida ko‘rsatilgan kompaniyalar aksiyalarining davlat paketini realizatsiya qilishga, shu jumladan ularni realizatsiya qilish bahosini belgilashga tatbiq etilmaydi.
Tashabbuschi bilan kelishuvga ko‘ra ommaviy taklif tashkilotchisi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bitta shaxs realizatsiya qilinayotgan aksiyalar umumiy sonining 0,1%idan ortig‘ini xarid qila olmaydi. Taklif etiladigan baho tashabbuschi bilan kelishuvga ko‘ra ommaviy taklif tashkilotchisi tomonidan fond birjasi qoidalarida nazarda tutilgan usullardan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjat 29.04.2019 yildan kuchga kirdi.