Suares: «Oltin butsa» kurashida Messi va Ronaldu bilan faqatgina men raqobatlasha oldim»

Sport 16:14 / 27.04.2019 10474

«Barselona» hujumchisi Luis Suares o‘zini oxirgi besh yil davomida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan Yevropaning eng yaxshi to‘purari nomi uchun kurash olib borgan yagona futbolchi deb hisoblashini aytdi.

«Bilamanki, so‘nggi besh yilda «Oltin butsa» uchun Messi va Ronaldu bilan kurash olib borgan Yevropadagi yagona futbolchi hisoblanaman. Va darvoqe, bu sovrinni ikki marta qo‘lga kiritdim ham.

Faoliyatim davomida o‘zim kutganimdan ham ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Albatta, «Barselona»dek klubda o‘ynasang, bundan boshqachasi bo‘lishi mumkin emas. «Barsa»ning La Liga tarixidagi uchinchi eng yaxshi to‘purari bo‘ldim. Bu klub safida qancha-qancha buyuk o‘yinchilar to‘p tepganini hisobga olganda, bu yutuq men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bu futbolkaga o‘zimni munosib deb bilaman», – degan Suaresning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli urugvaylik 2013/14 mavsumida Krishtianu Ronaldu bilan teng miqdorda gol urgan, 2015/16 mavsumida esa yakka o‘zi «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan edi. Mukofot 2014/15da Ronalduga nasib etgan bo‘lsa, oxirgi ikki yildan buyon Messi uni qo‘ldan bermay kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: