Superliga. OKMK Qarshida «Nasaf»ga yirik hisobda yutqazdi

Superligada 6-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Nasaf» o‘z maydonida OKMK bilan bellashdi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin mezbonlarning yaqqol ustunligi ostida o‘tdi. Gollar Humoyun Murtazoyev (2ta), Bobir Davlatov va Dilshod Saitov tomonidan urildi.
Bu natijadan so‘ng, «Nasaf» 7 ochko bilan 8-o‘rinda, OKMK esa 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga, 6-tur
26 aprel, Qarshi
NASAF (Qarshi) – OKMK (Olmaliq) 4:0
Gollar: Humoyun Murtazoyev (9, 66), Bobir Davlatov (14), Dilshod Saitov (59)
Hakamlar: Valentin Kovalenko, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Abdurashid Xudoyberganov.
Nazoratchi: Sultonbek Zaylobiddinov.
Komissar: Aleksandr Davidenko.
Nasaf: 35. Abduvaxid Ne'matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Azizjon G‘aniyev, 8. Dilshod Saitov, 9. Humoyun Murtozayev, 17. Doniyor Narzullayev, 18. Bobir Davlatov, 19. Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjabayev, 28. Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov
OKMK: 32. Suhrobjon Sultanov, 4. Mirjamol Qosimov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 11. Zohir Primov, 17. Murodjon Toshmatov, 19. Jasur Xasanov, 20. Mirg‘iyoz Suleymanov, 21. G‘ulom-Haydar Gulyamov, 31. Saydullo Raxmatov, 44. Boburbek Yuldashov, 99. Shahzodbek Nurmatov
Mavzuga oid

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat

17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi

17:43 / 30.11.2024