OCWorkbench resursi Huawei P30 Pro smartfoni foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Xitoydagi serverlarga jo‘natishini aniqlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ta'kidlanishicha, smartfon izlash murojaatlarini qayta ishlab, ularni fon rejimida ishlovchi dastur orqali serverlarga jo‘natadi. Ya'ni maxfiy axborotni jo‘natish uchun kompaniyaning dasturlarini ochish shart emas.
Huawei kompaniyasi taqdim etilgan ma'lumotlar haqiqatga mos kelmasligini ma'lum qildi. Tekshiruv davomida ushbu ma'lumot noto‘g‘ri deb tan olindi va bu asl manbada ham tasdiqlandi.
«Ushbu loyihaning yagona kuratori sifatida men Huawei brendi va kompaniya mijozlariga yetkazilgan noqulayliklar hamda xato uchun uzr so‘rayman. Huawei P30 Pro ma'lumotlarni uzatayotgani haqidagi xabar haqiqatga mos kelmaydi», - degan muallif.