Qonun loyihasi: qanday yer uchastkalari xususiylashtirish obektlari hisoblanadi?

O‘zbekiston 08:53 / 24.04.2019 14636

2019 yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi va birinchi o‘qishda qabul qilindi.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hujjat loyihasi bilan quyidagilar xususiylashtirish obektlari hisoblanadi:

yuridik shaxslarga xususiylashtiriladigan yoki ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, sanoat infratuzilmasi obektlari yer uchastkalarida joylashgan, shuningdek, ularga tutash va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi yer uchastkalari;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibdagi uy-joy qurish va turar-joyiga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan yer uchastkalari;

bo‘sh turgan yer uchastkalari;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qoshidagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga belgilangan tartibda taqdim etilgan yer uchastkalari.

Ko‘proq yangiliklar: