Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi

Sport 09:33 / 24.04.2019 5856

Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. 

23 aprel kuni atletlar navbatdagi medallarini balandlikka sakrash yo‘nalishida qo‘lga kiritishdi.

Qit'ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Dohada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit'a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.

Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan kifoyalandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.

Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoa vakillarining jamg‘argan medallari 3ta oltin va 1ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: