Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun ijtimoiy qo‘llab quvvatlash markazlari tashkil etiladi

Foto: Flickr
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun ijtimoiy qo‘llab quvvatlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Belgilanishicha, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
boshpanasiz shaxslarning tungi paytlarda vaqtincha yotib qolishlari uchun sharoitlar yaratish;
boshpanasiz shaxslarga beg‘araz ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
normal hayotga qaytish istagini bildirgan boshpanasiz shaxslarni kasbga tayyorlash orqali ularning bandligini ta'minlash.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

07:43
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

09:22 / 14.07.2025
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

08:47 / 14.07.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi

08:05 / 14.07.2025