Marsda yuz bergan zilzila ilk bor qayd etildi 

Jahon 01:12 / 24.04.2019 14867

AQShning InSight qurilmasidagi SEIS fransuz seysmometri Marsda yuz bergan zilzilani tarixda ilk bor qayd etdi. Bu haqda Fransiyaning CNES koinot agentligi ma'lum qildi. 

Xabarda ma'lum qilinishicha, 6 aprelda seysmometr AQShning Apollo kemalari o‘z vaqtida Oyda qayd qilgan yer silkinishlariga o‘xshash signalni qayd qilgan.

Loyiha menejyeri Sharl Yananing aytishicha, signal kuchsiz bo‘lgan. Olimlarning aytishicha, bu kuchsiz yer silkinishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

InSight qurilmasi 2018 yil may oyida uchirilib, noyabrda Mars sirtiga qo‘ngan. 

Ko‘proq yangiliklar: