Kim Chen In Rossiyaga yetib keldi 

Jahon 07:52 / 24.04.2019 51393

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan uchrashgani Rossiyaga yetib keldi. Poyezd mahalliy vaqt bilan soat 10larda Rossiya-Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tgan. 

Shimoliy Koreya delegatsiyasining zirhli poyezdi Primore o‘lkasidagi Xasan stansiyasiga yetib kelgach, Kim Chen In va uning hamrohlari rus an'anasiga ko‘ra tuz va non bilan kutib olingan.

Shundan keyin delegatsiya vokzal binosiga yo‘l olgan. Kim Chen In Xasandan Vladivostokka yo‘l olgan, bu yerda 25 aprelda uning Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Putin Vladivostokka 25 aprelda keladi, ertasiga esa Pekindagi forumga yo‘l oladi.

Kim Chen In esa Vladivostokda 26 aprelgacha qolib, u uchun muhim bo‘lgan bir necha, jumladan o‘z vaqtida bobosi Kim Ir Sen bo‘lgan joylarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Primore okeanariumida va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarida ham bo‘ladi.    

Ko‘proq yangiliklar: