«Humo Arena»da xokkey bo‘yicha Rossiya klublari ishtirokida birinchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi

Sport 09:56 / 24.04.2019 6417

27-29 aprel kunlari «Humo Arena» muz saroyida Rossiyaning «Spartak», «Dinamo», «Traktor» va Toshkentning «Humo» klublari ishtirokida xokkey bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi Kun.uz’ga xabar berdi.

«To‘rtlik» musobaqasi muz arenasi kompleksidagi birinchi sport tadbiriga aylanadi hamda O‘zbekiston va Rossiya xokkey federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni amalga oshirish yo‘lidagi amaliy qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, hujjat Moskvada 2019 yil 1 aprelda imzolangan va turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik prinsiplarini belgilab beradi - xokkey bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari, ikki mamlakat bolalar-o‘smirlar jamoalari o‘rtasida musobaqalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

Ko‘proq yangiliklar: