Farg‘onada kasalxona oldidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Jamiyat 11:10 / 24.04.2019 13022

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joriy yilning 17 aprel kuni Andijon shahrida yashovchi A.J. “Ona va bola” reabilitatsiya markazi binosi oldida o‘zaro janjal oqibatida fuqaro Q.S.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Q.S. kasalxonaga yotqizilgan. A.J. qo‘lga olingan. 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: