Zomin tumani markaziy qismida qurilish va obodonlashtirish ishlari tashkil etiladi

Jamiyat 14:56 / 23.04.2019 6348

Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatining Zomin tumani markaziy qismida qurilish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyish bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining O‘zbekiston Respublikasining yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga infratuzilma va ijtimoiy soha obektlarini qurish va obodonlashtirish ishlarini ilovaga muvofiq qo‘shimcha ravishda kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

Hujjatga ilovada ko‘rsatilishicha, ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari, sport maktablari,  madaniyat va istirohat obektlari, sog‘liqni saqlash obektlari va umumta'lim hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rekonstruksiya qilinadi va quriladi.

Shuningdek, Zomin tumani markaziy o‘yingohi, Zomin tumani Peshag‘or madaniyat va aholi dam olish markazi binosi rekonstruksiya qilinadi. Dashtobod shaharchasida madaniyat va aholi dam olish markazi quriladi.

Markaziy dehkon bozori, gipermarket, ko‘p qavatli uylar, markaziy o‘yingoh atrofi obodonlashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: