Tailandning sobiq bosh vaziri sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum etildi 

Jahon 23:41 / 23.04.2019 3604

Tailandning sobiq bosh vaziri, 2007 yildan beri emigratsiyada bo‘lgan Taksin Chinavat Tailand oliy sudi kollegiyasi tomonidan manfaatlar ixtilofi ayblovi bo‘yicha sirtdan 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Bangkok Post nashri ma'lum qildi. 

Sudning qaroriga ko‘ra, sobiq bosh vazir Myanma hukumatiga yirik qiymatda davlat krediti taqdim qilishda aybdor deb topilgan. Ushbu kreditning bir qismi Myanma tomonidan Chinavat oilasiga tegishli bo‘lgan Shin Satellite Public Company LTD kompaniyasi mahsulotlarini xarid qilishda qo‘llangan. 

Myanmaga 125 mln dollarlik kredit Chinavatning topshirig‘iga ko‘ra Tailand davlat eksport-import banki (EximBank) tomonidan 2004 yilda berilgan.

Chinavat Tailandda 2001 yildan to harbiy to‘ntaruv yuz bergan 2006 yilgacha bosh vazir bo‘lgan. U 2010 yildan beri Chernogoriyada yashaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: